12 yanvardan boşlab Raqobat qömitasining tegişli körsatmasi bilan Respublika tovar xomaşyo birjasida suyultirilgan gaz narxining boşlanğiç narxga nisbatan oşiş çegarasi 20 foizdan 10 foizgaça pasaytirilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Şuningdek, boşlanğiç narx har tonna uçun 7,5 mln sömdan oşsa, birja propan importçilari va mahalliy işlab çiqaruvçilarning takliflarini qabul qilmaydi. Bu birjada maksimal narx 8,25 mln sömdan oşmasligini anglatadi.

Nega çeklov joriy etildi?

2026 yilning dastlabki 4 birja kunida propan narxi 14,7 foizga kötarildi. Ötgan yilning sönggi iş kuni – 30 dekabrdagi savdolarda suyultirilgan gazning 1 tonnasi uçun narx örtaça 8 mln 87 ming sömni taşkil etgan. 5-8 yanvar kunlari esa narx qariyb 1,2 mln sömga yoki 14,7 foizga kötarilib, 9 mln 277 ming sömgaça yetdi. Şu 4 kun davomida sotilgan mahsulot hajmi kuniga örtaça 2 ming tonnaga teng böldi. Taqqoslaş uçun, 2025 yil söngidagi oxirgi 4 birja kunida kuniga örtaça 2390 tonnadan propan sotuvi amalga oşirilgan.

2025 yil 1-4 dekabr kunlari (duşanba–payşanba) birjada propanning örtaça narxi tonnasiga 7 mln 337 ming sömni taşkil etgan bölsa, 2026 yil 5-8 yanvar kunlari (duşanba–payşanba) örtaça narx bundan 18,8 foizga kötarilib, 8 mln 716 ming sömni taşkil etdi.

Raqobat qömitasining izohi

Raqobat qömitasi propan qimmatlaşgani yuzasidan izoh berib, bu bozorda import mahsulot uluşi va narxining oşişi hisobiga yuzaga kelayotganini bildirdi.

Qömita ma’lumotlariga köra, 2025 yilda birja savdolarida jami 358 ming tonna propan sotilgan bölib, şundan 61 foizi (219 ming tonna) mahalliy va 39 foizi import mahsulot hissasiga töğri kelgan. Yanvar-iyul oylarida içki bozorda mahalliy mahsulotning uluşi yuqori bölib, örtaça 80 foizgaçani taşkil etgan. Avgust oyidan boşlab bu körsatkiç kamayib borgan va dekabr (35 foiz) oyi va yanvarning ötgan davrida 10 foizgaça qisqargan.

«Bunga asosiy sabab – mahalliy mahsulotning aholi va ijtimoiy soha obektlariga yönaltirilganligi», — deyiladi qömita xabarida.