Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda işlarning borişi, aholini öylantirayotgan masalalarga yeçim topiş yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötyapti.

Hukumatdagi mas’ullar, vazirlar tartib-intizomga vaqtida e’tibor bermagani uçun islohotlar ijrosi çözilib ketayotgani tanqid qilindi.

Masalan, suyultirilgan gaz yetkazişda 60-70 kunlab uziliş kuzatilmoqda. Ayniqsa, Andijon va Surxondaryoda murojaatlarning 70 foizi şu masala bilan boğliq.

“Issiq kunlarda gazda şunça muammo bölsa, qişda odamlar qozonini nimada qaynatadi? Rahbarlarga sönggi ogohlantiriş: bu masalaga ikki haftada yeçim topsin, bölmasa özi bilib joyini böşatib qöysin”, - dedi prezident.

Yana bir masala – yozning boşlanişi nisbatan salqin keldi. Lekin buyoğiga kunlar ança isib, elektr iste’moli oşadi. Ikki oy oldin Energiya samaradorlik agentligi taşkil qilinib, budjetdan 100 milliard söm berildi.

Energetika vazirligi va agentlikka vazirlik, hokimlik va davlat korxonalarining oylik iste’moli 500 kilovatt soatdan yuqori bölgan xodimlari röyxatini şakllantiradi. Uşbu xodimlarga energiya samarador texnologiyalarga ötiş uçun “yaşil ta’mir” krediti yoki subsidiya olişga kömaklaşiladi. Kerak bölsa, budjetdan taşqari jamğarmasidan ssuda berilişi mumkin.

Buning hisobidan yil yakunigaça iste’moli yuqori bölgan kamida 100 ming xonadon energiya samarador tizimga ötişi zarurligi körsatib ötildi.