Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“S5+1” doirasida: O‘zbekiston va AQSh agrar sohada strategik sheriklikni kuchaytiradi
Vashingtonda bo‘lib o‘tgan “S5+1” sammiti doirasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti (USDA) ilmiy tadqiqot, ta’lim va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari doktor Skott Hatchins bilan uchrashdi. Tomonlar ilmiy-tadqiqot, ta’lim va savdo yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralarda qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari kesimida qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy muassasalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish, kadrlar tayyorlashni zamonaviy standartlarga moslashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Kelishuvlarning asosiy yo‘nalishlari:
- soya va paxta: yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha tajriba almashish, navlar va agrotexnologiyalarni sinovdan o‘tkazish, qo‘shma ilmiy izlanishlarni yo‘lga qo‘yish;
- eksport: tayyor va yarimtayyor mahsulotlar yetkazib berishni kengaytirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirishda hamkorlik;
- ilmiy hamkorlik: agrar innovatsiyalar, seleksiya, raqamli agronomiya va resurs tejamkor texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni rejalashtirish;
- ta’lim: talaba va mutaxassislar almashinuvi, stajirovkalar, qo‘shma seminar-treninglar (CPD) dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Doktor Skott Hatchins O‘zbekistonda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, AQSh tomoni ilmiy, texnik va savdo yo‘nalishlarida aloqalarni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Hamkorlik natijasida soya va paxta zanjirida qo‘shilgan qiymat oshishi, eksport bozorlari talab qiladigan sifat standartlariga moslashuv tezlashishi, ilm–fan va ta’lim integratsiyasi kuchayishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026
O‘limga tik boqqan odam – vulqon lavasi ostida qolgan fotograf
21:07 / 25.06.2026
Prezident AQSh Savdo vakili bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
09:40 / 24.06.2026