Sport | 17:25 / 10.11.2025
2897
1 daqiqa o‘qiladi

Superliga o‘yinini to‘rt nafar ayol hakam boshqaradi

“Surxon” – “Sho‘rtan” o‘yinida bosh hakamdan tashqari qolgan to‘rtala hakam ham ayollar bo‘ladi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 28-turidagi uchta uchrashuv ayol hakamlar ishtirokida o‘tmoqda.

O‘FA xabariga ko‘ra, tajribali hakam Kristina Sereda OKMK – “Navbahor” bahsida, yosh hakam Nasibabonu Toshmuhammedova esa “Nasaf” – “Mash’al” uchrashuvida AVAR hakami sifatida faoliyat olib bordi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan “Surxon” – “Sho‘rtan” bahsida esa 2025 yilgi mavsumda ilk bor yordamchi hakamlarning barchasi ayollardan iborat bo‘ladi: Kristina Sereda va Zilola Rahmatova – yordamchi hakamlar, Gulshoda Saitqulova – zaxira hakami, Dildora Rustamova – AVAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.

“Bu – ayol hakamlarimizning Superligadagi ishtiroki va professional o‘sishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir”, – deya qayd etdi O‘FA.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid