Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil III choragi: ishsizlar ulushi 4,9 foiz
O‘zbekistonda 2025 yilning uchinchi choragi yakuniga ko‘ra ishsizlik darajasi 4,9 foizni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 0,8 foiz punktiga past.
Foto: senat.uz
Rasmiy hisobotlarga binoan, mehnat bozorida ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Mehnat resurslari kengayishi va band aholining o‘sishi fonda ishsizlar ulushi kamaydi.
Asosiy ko‘rsatkichlar:
- jami aholi: 37,8 mln;
- mehnat resurslari: 20,35 mln (+1,9 foiz yoki +387,3 ming);
- iqtisodiy faol aholi (mehnat kuchi): 15,57 mln;
- band aholi: 14,81 mln (+4,1 foiz);
- ishsizlar soni (hisob-kitob): taxm. 0,76 mln (15,57 mln – 14,81 mln);
- ishsizlik darajasi: 4,9 foiz.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bandlikning 4,1 foizga o‘sishi va iqtisodiy faol aholi hajmi barqarorligi ish o‘rinlari yaratilishi sur’atlari saqlanayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.12.2025
SIPRI hisoboti: Ukrainadagi urush fonida qurol savdosi tarixiy maksimumga chiqdi
19:45 / 07.11.2025
SI umidlarni oqlamadi: kompaniyalar ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qaytarmoqda
21:00 / 18.10.2025
«Ko‘pchilik odam qashshoqlashadi»: sun’iy intellekt «otasi» ommaviy ishsizlik haqida ogohlantirdi
11:00 / 02.09.2025