Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rockwool: Ukrainada ishsizlik urushdan oldingi darajaga yaqinlashdi
Berlinda joylashgan Rockwool jamg‘armasi tadqiqotiga ko‘ra, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan to‘rt yil o‘tgach, Ukraina mehnat bozori xavotirlarga qaramasdan hayratlanarli darajada barqarorlik namoyon qilmoqda. Ukrainada ishsizlik urushdan oldingi darajadan faqat biroz yuqori, deyiladi tahlilda.
Berlindagi Rockwool jamg‘armasi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan to‘rt yil o‘tgach, Ukraina mehnat bozori kutilgan xavf-xatarlarga qaramasdan hayratlanarli barqarorlik ko‘rsatmoqda. Reuters agentligi 22 fevral, yakshanba kuni tadqiqot natijalariga tayanib yozishicha, urushning ilk oylarida 20 foizdan ham yuqori bo‘lgan ishsizlik hozir taxminan 11 foizni tashkil etmoqda — bu esa urushdan oldingi davrdan atigi bir necha foiz punktga yuqori, xolos.
Tahlilchilar ta’kidlashicha, haqiqiy ish haqi darajasi (nominal maoshga qancha tovar va xizmat sotib olish mumkinligi) 2024 yilgacha kuzatilgan pasayishdan keyin yana urushdan oldingi ko‘rsatkichlarga yetgan, hatto ulardan ham oshib ketgan.
“Uzoq davom etgan urushlarda g‘alabalar ko‘pincha jang maydonida emas, zavodlarda qo‘lga kiritiladi. Ukraina mehnat bozori hozirgacha misli ko‘rilmagan miqyosdagi silkinishlar qarshisida ham bardosh berdi”, — dedi tadqiqot mualliflaridan biri, Milandagi Bokkoni tijorat universiteti professori Tito Boeri. Uning aytishicha, Ukrainada o‘ta og‘ir sharoitda ishchi kuchini “ajablanarli darajada tez” qayta taqsimlash (qayta joylashtirish) yuz bergan.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi 2022 yil fevral oyida boshlanganidan keyin Ukraina mehnat bozori tarixiy ko‘lamdagi silkinishlarni boshdan kechirdi. Ekspertlar qayd etishicha, faqat mehnatga layoqatli ko‘p sonli aholining mamlakatdan chiqib ketishi hisobiga taxminan 3 mln ishchi kadrlar yo‘qotilgan. Yana kamida 500 ming kishi harbiy xizmatga chaqirilgan, 150 ming kishi esa harbiy harakatlar oqibatida halok bo‘lgan.
Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, umuman olganda, Ukraina hukumati nazorat qilayotgan hududlarda mehnatga layoqatli aholi taxminan to‘rtdan bir qismga qisqargan.
Urush boshlanganidan beri Ukrainada iqtisodiy faollik front chizig‘idan g‘arb hududlariga siljigan, mudofaa sanoatida bandlik ko‘rsatkichlari oshgan. Tadqiqotchilar Ukraina mehnat bozori barqarorligini ish haqi belgilash va ishga yollash amaliyotidagi moslashuvchanlik, shuningdek ofisdan tashqarida ishlash imkoniyatlari bilan ham izohlaydi. Bundan tashqari, ayollarni ish bilan ta’minlash darajasi o‘sgani, jumladan an’anaviy ravishda erkaklar ustun bo‘lgan sohalarda ham ayollar ko‘proq ishlayotgani ijobiy rol o‘ynagan.
Shu bilan birga, Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) Ukraina iqtisodiyoti 2026 yilda 4,5 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022 yilda to‘rtdan bir qismdan ham ko‘proqqa pasaygan, ammo keyin yana o‘sishni boshlagan.
Mavzuga oid
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026
Ukraina dronlari yana Moskvaga hujum qildi
10:45 / 16.06.2026