Iqtisodiyot | 20:20 / 15.11.2025
2267
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 24 ta transport-logistika markazi quruqlik portlari maqomini oldi

Toshkent shahrida 7 ta, Toshkent viloyatida 4 ta, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida 3 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ta, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlarida 1 tadan transport-logistika markazi quruqlik portlari ro‘yxatiga kiritildi.

Foto: Transport vazirligi

BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UNESSAP)ning "Quruqlik portlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimi"ga muvofiq Bangkok shahrida quruqlik portlari bo‘yicha 6-Ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ishchi guruh yig‘ilishida O‘zbekistonda joylashgan 24 ta transport-logistika markaziga xalqaro quruqlik portlari maqomi berildi.

Quruqlik portlari hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha: Toshkent shahrida 7 ta, Toshkent viloyatida 4 ta, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida 3 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ta, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlarida 1 tadan.

Ma’lumot uchun: Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi tomonidan UNESSAPning texnik ko‘magi bilan Bitimning II-ilovasida belgilangan quruq portlarga qo‘yilgan talablarga muvofiqligi bo‘yicha milliy tadqiqotlar o‘tkazilgan.

Transport vazirligi tomonidan tadqiqot natijalari asosida belgilangan talablarga javob beradigan transport-logistika markazlarini hukumatlararo bitimning xalqaro quruqlik portlari ro‘yxatiga kiritish uchun quruqlik portlari bo‘yicha Ishchi guruhning oltinchi yig‘ilishida ko‘rib chiqish taklifi berilgan.

Mavzuga oid