Taşrif doirasida Bangladeş Taşqi işlar vazirligi, hukumat va işbilarmon doiralari vakillari bilan qator uçraşuvlar ötkazilib, ikki tomonlama aloqalarni yangi, amaliy darajaga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi. Diplomatlar prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, şuningdek, Özbekistonda erişilayotgan barqaror ijtimoiy-iqtisodiy ösiş töğrisida batafsil ma’lumot berdi.

Bangladeş taşqi işlar vaziri örinbosari Nazrul Islom bilan uçraşuvda Özbekiston–Bangladeş munosabatlarining ijobiy rivojlaniş sur’atlari alohida qayd etildi. Taşqi siyosat idorasi rahbarining muovini Özbekistondagi keng kölamli islohotlarni yuqori baholab, mamlakatni Markaziy Osiyoning ulkan iqtisodiy salohiyatga ega yetakçi davlati sifatida ta’rifladi.

Tomonlar töqimaçilik sanoati, farmatsevtika, qişloq xöjaligi, mineral öğitlar işlab çiqariş va turizmni hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida belgiladi. Özaro manfaatli riştalarni faollaştirişning asosiy omili sifatida Toşkent va Dakka örtasida töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş masalasi muhokama qilindi.

Bangladeş boş vazirining savdo, töqimaçilik, aviatsiya va turizm böyiça maslahatçisi şayx Başir Uddin bilan muzokaralar ham samarali ötdi. U töqimaçilik sohasida töplangan boy tajribasidan kelib çiqib, Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarga, ayniqsa, töqimaçilik tarmoğidagi yangilanişlarga katta qiziqiş bildirdi.

Şayx Başir Uddin Özbekistonning strategik joylaşuvini alohida ta’kidlar ekan, mamlakat Rossiya va Yevropa bozorlariga çiqişga intilayotgan Bangladeş kompaniyalari uçun muhim işlab çiqariş va tranzit habi bölişi mumkinligini qayd etdi. U jiddiy va amaliy niyatlar ifodasi sifatida Bangladeşning yetakçi kompaniyalari delegatsiyasiga boşçilik qilib, 2026 yilda Özbekistonga safar qilişga tayyorligini tasdiqladi.

Taşrif doirasida Özbekiston elçixonasi tomonidan Dakka şahrida mamlakatning iqtisodiy va investitsion salohiyati taqdimoti ötkazildi. Unda Bangladeş savdo vaziri örinbosari Mahbubur Rahmon, yetakçi savdo-sanoat palatalari va yirik kompaniyalar vakillari iştirok etdi.

Iştirokçilar töqimaçilik va farmatsevtika tarmoqlarida qöşma korxonalar taşkil etiş, şuningdek, Özbekistonda xorijiy investorlar uçun yaratilgan şaroitlar borasida katta qiziqiş bildirdi. Bangladeş işbilarmon doiralari vakillari 2026 yilda Özbekistonga biznes-safar uyuştiriş niyatida ekanini ma’lum qildi.