O‘zbekiston | 14:47 / 19.11.2025
846
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Fido-Biznes Academy va TSARKA kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikni boshladi

Bugungi kunda raqamli xavfsizlik har qanday biznesning muhim qismidir. Kibertaxdidlar ham ortib bormoqda, tahlilchilarning prognoziga ko‘ra, 2025 yilga borib dunyoda kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar 10,3 trillion dollardan oshadi. Kompaniyalarga ma’lumotlarni himoya qila oladigan mutaxassislar kerak. Bunday mutaxassislarni tayyorlash uchun Fido-Biznes Academy va Kiber hujumlarni tahlil qilish va tergov qilish markazi (TSARKA) hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Foto: Fido-Biznes Academy

TSARKA nima?

TSARKA — 2015 yilda tashkil etilgan kiberxavfsizlik markazi. Bu Qozog‘istondagi birinchi xususiy CERT va Markaziy Osiyodagi yetakchilardan biridir. TSARKA jamoasi tizimlarni zaifliklar bo‘yicha audit va tekshiruvdan o‘tkazadi, kirishni sinab ko‘radi, kiberxujumlarni tahlil qiladi va kompaniyalarga himoyani yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.

Markazda 70 dan ortiq sertifikatlangan mutaxassislar faoliyat yuritadi. Tashkilotning Estoniya, Polsha, AQSh va Qirg‘izistonda vakolatxonalari mavjud. TSARKA, shuningdek, KazHackStan konferensiyasini o‘tkazadi va kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro turnirlarda ishtirok etadi.

Fido-Biznes Academy va TSARKA nega hamkorlik qilmoqda?

Fido-Biznes Academy va TSARKA o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan kuni Nurjau Bolatbek tomonidan CISO Mindset kursi o‘tkazildi va u ishtirokchilarning yuqori baholariga sazovor bo‘ldi. Kelajakda Fido-Biznes Academy va TSARKA kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shma kurs va treninglar tashkil etadi. Ular rahbarlar, IT-mutaxassislar, bank xodimlari va o‘z ma’lumotlarini qanday himoya qilishni tushunishni istagan har bir kishi uchun foydali bo‘ladi.

Dasturlar amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘ladi: kiberxujumlarni simulyatsiya qilish, hodisalarga javob berishni mashq qilish va sertifikat olish imkoniyati mavjud.

"Biz mintaqadagi kiberxavfsizlik yetakchisi TSARKA kompaniyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Bu biznes va davlat tizimlarini zamonaviy tahdidlardan himoya qiladigan mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradigan yangi ta’lim ekotizimini yaratish yo‘lidagi qadamdir", — deydi Fido-Biznes Akademiyasi direktori.

Nima uchun bu muhim?

Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, 2025 yilga borib dunyoda kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar 10,3 trillion dollardan oshadi. Ayniqsa, kichik va o‘rta korxonalar zaif hisoblanadi, ular uchun ma’lumotlarni yo‘qotish juda katta xavf tug‘diradi. Fido-Biznes Academy va TSARKA o‘rtasidagi hamkorlik ta’lim, xabardorlikni oshirish va kadrlarni kasbiy tayyorlash orqali O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda biznesni kiberximoya qilish darajasini oshirishga qaratilgan.

"Asosiy maqsad — Fido-Biznes Academyning akademik yondashuvi va jamoamizning amaliy tajribasini birlashtirish. Birgalikda biz axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlash uchun sharoit yaratamiz", — deya qo‘shimcha qildi TSARKA vakili Bekaris Kabi .

Fido-Biznes Academy — bu ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, biznes tahlili, sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarni taklif qiluvchi O‘zbekistonning IT-sanoatidagi yetakchi ta’lim platformasi. TSARKA — Markaziy Osiyoda xalqaro tajribaga ega va biznes hamda davlat tuzilmalari uchun ishonchli hamkor sifatida obro‘ qozongan eng yirik xususiy kiberxavfsizlik markazi.

Fido-Biznes Academy va TSARKA o‘rtasidagi hamkorlik raqamli kelajakka sarmoya bo‘lib, bu yerda xavfsizlik bilimdan boshlanadi.

Kelgusi dasturlarga qo‘shiling va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning yangi avlodiga aylaning.

Batafsil: www.academy-fb.uz

Telegram: @fidoacademy

Murojaat uchun telefon: +998 (55) 512-88-99

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid