O‘zbekiston | 10:00 / 20.10.2025
2083
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Fido-Biznes Academyʼda “Zamonaviy sharoitda IT-landshaftni boshqarish” kursi bo‘lib o‘tdi

Fido-Biznes Academy bu - IT va raqamli transformatsiya sohasidagi mutaxassislar hamda rahbarlar uchun mo‘ljallangan ta’lim akademiyasidir.

Foto: Fido-Biznes Academy

3 oktyabr kuni akademiya “Zamonaviy sharoitda IT-landshaftni boshqarish” nomli bir kunlik mualliflik kursini tashkil etdi. Ushbu kurs kompaniyalarning zamonaviy IT yondashuvlari va raqamli arxitekturasi bo‘yicha dasturlar turkumidagi birinchi bosqich bo‘ldi.

Kursni 30 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassislar olib bordi:

Andrey Janbayev — arxitektura va raqamli strategiyalar bo‘yicha ekspert (X5 Retail Group, Home Credit Bank, DOM.RF);

Maksim Arzumanyan — Smart Architecs kompaniyasida biznes rivojlantirish direktori, SPBDU oliy menejment maktabi MBA dasturi akademik rahbari, TOUCH kompaniyasida maslahatchi.

Ishtirokchilar IT-landshaftni yaratish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni o‘rgandilar: korporativ arxitektura boshqaruvi, biznes-tahlil, ma’lumotlar boshqaruvi, raqamli egizaklar va Data Governance amaliyotlari.

Amaliyot mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar o‘z tashkilotlari uchun yangi IT-amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha mini-yo‘l xaritasini ishlab chiqdi.

Dastur amaliyot formati va real misollar tufayli yuqori baholandi.

Ishtirokchilar o‘rgangan bilimlarini darhol ish jarayonida qo‘llash imkoniyatini alohida ta’kidladi.

Keyingi tadbir — kiberxavfsizlik kursi

5-6 noyabr kunlari Fido-Biznes Academy “CISO mindset: biznes xavfsizligini qanday boshqarish kerak” nomli oflayn kursni o‘tkazadi.

Kurs kompaniya egalari va rahbarlari, CISO, CTO, CIO, CRO, kuzatuv kengashi a’zolari va regulyatorlar vakillari uchun mo‘ljallangan.

Ishtirokchilar kiberxavfsizlikning strategik vositalarini — xavf tahlilidan boshlab, samarali axborot xavfsizligi tizimini yaratishgacha — chuqur o‘rganadi.

Spiker: Bolatbek N.M., Group CISO UCMG (Uzcard Management Group)

Format: oflayn, kichik guruh (20 kishi).

Ro‘yxatdan o‘tish boshlangan, o‘rinlar soni cheklangan.

Batafsil ma’lumot: www.academy-fb.uz

Telegram: @fidoacademy

Ma’lumot uchun telefon: +998 (95) 191-88-88

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid