Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirabbos Mirzaahmedov 84 yoshda vafot etdi
U 60 yil davomida teleradio sohasida xizmat ko‘rsatgan, «Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi» loyihasi boshlovchisi sifatida tanilgandi.
Foto: RTV
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, boshlovchi va rejissiyor Mirabbos Mirzaahmedov 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Milliy» telekanali xabar qildi.
Mirabbos Mirzaahmedov 1941 yil 30 sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yilda teleradio sohasidagi ijodiy faoliyatini boshlagan.
U «Bahor qaytmaydi», «Qalbingga quloq sol», «Dunyoning ishlari», «Inson sadoqati», «Billur qandillar», «E’tirof» kabi 50 dan ziyod videofilmlarni, «Buni hayot deydilar» turkum ko‘rsatuvlarini tasvirga olishda ishtirok etgan.
Yarim asrdan ziyod vaqt mobaynida «Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi» loyihasi boshlovchi va rejissyori bo‘lib ishlagan.
Mirzaahmedov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni, «Mehnat shuhrati» va «Do‘stlik» ordenlari bilan mukofotlangan.
U so‘nggi 9 yilga yaqin vaqt davomida «Milliy» telekanalida «Otalar so‘zi» dasturi boshlovchisi va badiiy maslahatchi sifatida ishlab kelayotgandi.