Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda masofadan o‘t oldirilgan avtomobil kanalga tushib ketdi
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida masofadan o‘t oldirilgan «Matiz» rusumli avtomobil haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida «Janubiy Mirzacho‘l» kanaliga tushib ketdi. Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmadi, avtomobil esa qutqaruvchilar tomonidan suvdan chiqarib olindi.
Kecha, 21 noyabr kuni Jizzax viloyati FVBga 112 yagona favqulodda holatlar xizmati raqami orqali Paxtakor tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Janubiy Mirzacho‘l» kanaliga «Matiz» rusumli avtomobil tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlaridan foydalangan holda avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil masofadan o‘t oldirish jarayonida o‘zi yurib ketgan va natijada kanalga tushib ketgan. Hodisa vaqtda salonda hech kim bo‘lmagan, shu bois tan jarohati olganlar qayd etilmagan.
Mavzuga oid
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
21:37 / 05.06.2026