Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada bo‘ri baliqchi to‘ridan foydalanib baliq ovlagani videoga tushdi
Kanadada bo‘ri olimlarga sensatsiya taqdim etdi - tarixda birinchi marta yirtqich hayvon odamlar yaratgan asbob yordamida baliq ovlayotgan holda videoga tushirildi. Yosh urg‘ochi bo‘ri tishlari bilan baliqchilik to‘rini tortib chiqarishni “o‘rganib olgani” ma’lum bo‘ldi.
NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Xeylsuk jamoati aholisi to‘rlaridan baliq g‘oyib bo‘layotganidan shikoyat qila boshlaganidan so‘ng, olimlar kameralar yordamida “aybdor”ni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Videoyozuvda bo‘ri maxsus qurilma bilan to‘r o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushungan holda, to‘rni ishonch bilan sohilga tortib chiqarayotgani ko‘rinadi.
Ilgari bunday qobiliyatlar faqat maxsus joylar (qo‘riqxona yoki hayvonot bog‘i)da saqlanadigan bo‘rilarda qayd etilgan edi. Endi esa olimlar yovvoyi bo‘rilar ham vaziyatni tahlil qilish, xulosa chiqarish va inson yaratgan qurilmalardan o‘z manfaati yo‘lida samarali foydalana olishini ilk bor hujjatlashtirdi.
Mavzuga oid
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:49 / 19.05.2026