Ta’lim | 08:52 / 22.11.2025
799
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rta maxsus ta’lim tarmog‘ida kasb-hunar maktablari yetakchilik qilmoqda

2024-2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 845 ta o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari orasida eng katta ulush kasb-hunar maktablari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yili boshida mamlakatda umumiy hisobda 845 ta o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan. Bu ko‘rsatkich 2021-2022 o‘quv yiliga nisbatan 18 taga yoki 2,2 foizga oshgan.

Tizim tarkibi quyidagicha shakllangan:

  • kasb-hunar maktablari — 334 ta;
  • texnikumlar — 272 ta;
  • kollejlar — 147 ta;
  • akademik litseylar — 92 ta.

O‘rta maxsus ta’lim tarmog‘ida kasb-hunar maktablari soni va ulushi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab, mehnat bozori uchun amaliy ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlashda asosiy bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Mavzuga oid