Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari mahalliy mehnat bozorida işçi kuçiga bölgan talabni mutaxassisliklar kesimida örgandi.
Tahlil jarayonida 180 ta tuman va şaharda istiqomat qiluvçi 7843 ta beruvçi iştirokida 172 ta mutaxassislik kesimida sörov ötkazildi.
Qayd qilinişiça, bugungi kunda Özbekiston mehnat bozorida savdo sohasi, xususan onlayn savdo sohasida mutaxassislarga talab eng yuqori. Sörovda qatnaşgan iş beruvçilarning katta qismi (23,4 foizi) savdo sohasida faoliyat yuritadi. Respublikadagi jami korxonalar orasida savdo korxonalarining uluşi eng yuqori bölib, 32,5 foizni taşkil etadi. Bu esa öz navbatida aynan savdo sohasi mutaxassislariga talab yuqoriligini asoslaydi.
Qişloq xöjaligi va sanoat sohasi mutaxassislari, xususan, qişloq xöjaligi va sanoat uskunalari mexanigi (1,7 foiz), qişloq xöjaligi va quriliş texnikasi mutaxassislari (1,4 foiz), traktor, buldozer, kombayn haydovçilari (1,4 foiz), agronomlar (1,3 foiz), kaştaçi, tikuvçi va töquvçilarga ham talab yuqori (1,7 foiz).
Ta’lim muassasalarida xorijiy tillar (ingliz, nemis, koreys va boşqa çet tillar), matematika va IT öqituvçilariga (1,2 foiz) ham talab yuqori.
Hozirgi kunda davlat sektori va xususiy sektorga tegişli korxonalarda marketolog, IT dasturçilari, buxgalterlar, kadrlar bilan işlaş böyiça xodimlarga talab yuqori.
Şuningdek, malaka talab etilmaydigan farroş, haydovçi va boğbonlarga ham talab yuqori ekanligi aniqlangan. Buni ular orasida qönimsizlik darajasi yuqoriligi bilan izohlaş mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Institut kelgusi sörovlarda kasblar kölamini kengaytirişni va natijalarni raqamlaşgan platforma orqali keng jamoatçilikka yetkazişni rejalaştirgan.













