O‘zbekiston | 12:36 / 25.11.2025
1005
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy arxivlarda hujjat harakatiga RFID texnologiyasi joriy etiladi

Prezident farmoniga muvofiq, “O‘zarxiv” agentligi davlat arxivlarida saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar harakatini avtomatlashtirish uchun RFID (radiochastotali identifikatsiya) texnologiyasini joriy etadi. 2026 yil 1 iyundan bu texnologiya milliy arxivlarda hujjatlar bilan ishlashda majburiy qo‘llanadi.

Foto: Adobe Stock

Farmonga ko‘ra, “O‘zarxiv” agentligining davlat arxivlarida saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar harakatini avtomatlashtirish ishlariga RFID (radiochastotali identifikatsiya) texnologiyasi joriy etiladi.

2026 yil 1 iyundan ushbu texnologiya O‘zbekiston milliy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashda majburiy qo‘llaniladi.

Shuningdek, 2026 yil 1 avgustdan quyidagi davlat arxivlari funksiyalari to‘liq raqamlashtirilgan holda amalga oshiriladi:

  • Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
  • yig‘majildlar ro‘yxatini tuzish va rasmiylashtirish, ularga oid ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish, kelishish va tasdiqlash;
  • davlat arxivlari tomonidan arxiv hujjatlarini qabul qilish va foydalanishga berish;
  • korxona, muassasa va tashkilotlar qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlarini huquqiy vorislarda saqlash masalasini davlat arxivlari bilan kelishish;
  • davlat arxivlariga arxiv hujjatlari topshirilishi lozim bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining yagona ro‘yxatini shakllantirish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid