Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HUMO to‘lov tizimi FINNEXT ASIA 2025 forumining milliy homiysi bo‘ldi
27.11.2025 y. Toshkent, O‘zbekiston - FINNEXT Asia 2025 – o‘z sohasidagi yirik tadbirlardan biri bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining banklari, fintex-kompaniyalari va tartibga soluvchi idoralari o‘rtasidagi ochiq muloqot uchun samarali maydon sifatida o‘zini namoyon etdi.
FINNEXT Asia 2025 moliyaviy innovatsiyalar xalqaro forumi o‘tkazildi. Forum keng ko‘lamli innovatsion voqeaga aylandi: unda 100 dan ziyod kompaniyadan 500 dan ortiq mutaxassis, jumladan O‘zbekiston va MDH mamlakatlaridan yirik banklar, fintex-kompaniyalar va tartibga soluvchi idoralar vakillari qatnashdilar. Tadbirda 50 dan ortiq spiker chiqish qildi, ular tajribalari bilan o‘rtoqlashib, tarmoqning dolzarb mavzulari: global trendlar va raqamli transformatsiya chaqiriqlari, O‘zbekiston moliyaviy bozorining xususiyatlari va xavfsiz to‘lov ekotizimini yaratish, fintexga investitsiyalar, innovatsion to‘lov vositalarini joriy etish, sun’iy intellekt va LLMʼdan amaliy foydalanish, kriptovalutalar va steyblkoinlarni qo‘llash, ESG-kun tartibi kabilarni muhokama qildilar.

HUMO to‘lov tizimi forumning milliy homiysi bo‘ldi, bu tashkilotchilarning moliyaviy sohadagi hamkorlarga ishonchini ta’kidlab ko‘rsatadi. Milliy homiy sifatida HUMO, butun soha uchun dolzarb bo‘lgan mavzular: zamonaviy to‘lov yechimlari, xavfsizlik masalalari, moliyaviy texnologiyalar kabilarni ko‘tarib chiqib, tarmoq rivojiga alohida hissa qo‘shadi. Kompaniya mutaxassislari bozordagi hamkasblari bilan muhokamalarda qatnashadi, tajriba va g‘oyalar almashadi va shu orqali forumni ochiq muloqot hamda mamlakat moliyaviy ekotizimini rivojlantirishga oid yechimlarni birgalikda izlash maydoniga aylantiradi.

Tadbirda HUMO vakillari ma’ruzalar bilan qatnashdi. Jumladan, Boshqaruv raisining IT va texnologik infratuzilma bo‘yicha o‘rinbosari Dinar Samigullin “Fintex va to‘lovlardagi 20 ta asosiy trend” mavzusini ochib berdi. Kompaniya HRD Marina Gumina “Kelajakni yaratib: yetakchilik – o‘zgarishlar drayveri sifatida” ma’ruzasida yetakchining biznes-transformatsiyaga ta’siri haqida so‘zladi va rahbarlarni asosiy xatolardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Loyihalar ofisining rahbari Pavel Bibik “Blokcheyn, tokenlar va kripto-aktivlar: moliyaviy tranzaksiyalarning yangi voqe’ligi” panel muhokamasida qatnashdi. HUMO stendida biznes-bo‘linma xodimlari kompaniyaning so‘nggi loyihalari hamda kelgusi rejalar to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

Forumda qatnashish HUMO vakillariga O‘zbekiston fintex-ekotizimidagi asosiy tendensiyalar va istiqbollarni muhokama qilish, butun tarmoq uchun qiziqarli mavzularni ko‘tarish va kelgusidagi hamkorlik uchun strategik muhim sheriklik aloqalarini o‘rnatish imkonini berdi.

FINNEXT Asia to‘g‘risida
FINNEXT Asia 2025 moliyaviy innovatsiyalar xalqaro forumi – bu Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining banklari, fintex-kompaniyalari va tartibga soluvchi idoralari o‘rtasidagi ochiq muloqot uchun samarali maydondir. Forumning strategik vazifalari sirasida: O‘zbekiston moliya tarmog‘ining rivojlanishini rag‘batlantirish va yangi, istiqbolli fintex-loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash. Tadbir haqli ravishda tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni o‘rnatish va mintaqada zamonaviy moliyaviy yechimlarni ilgari surish uchun asosiy nuqta sanaladi.
Mavzuga oid
15:00 / 04.11.2025
HUMO kartalari Qirg‘izistonda, «Elkart» esa O‘zbekistonda ishlay boshlaydi
15:00 / 08.10.2025
Dunyo bo‘ylab milliy valutada xaridlar: HUMO va Alipay o‘rtasidagi hamkorlik yangi imkoniyatlarni ochmoqda
09:00 / 14.05.2025
O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda
17:00 / 11.06.2024