Tadbir O‘zbekistonda davlat boshqaruvi, moliyaviy tarmoq va raqamli iqtisodiyotda sun’iy intellektni amaliy tatbiq etishni muhokama qilish uchun asosiy maydonlardan biriga aylandi. AI qo‘llanishining real ssenariylari, jumladan to‘lov tizimidagi jarayonlar samaradorligiga, raqamli servislarning xavfsizligi va sifatiga uning ta’siri e’tibor markazida bo‘ldi.

 Sammit O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, ILMA, Kiberxavfsizlik markazi, shuningdek yetakchi banklar va texnologik kompaniyalar, jumladan AI Alliance, Yandex Tech, Kapital Bank, Ipak Yuli Bank, Pro Data-Tech, Cybernet AI Uzbekistan, TBC Uzbekistan va boshqalarning vakillarini jamladi.

 Qatnashchilarning bunday tarkibi AI-yechimlarni keng yoyish hamda mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun davlat, tartibga soluvchilar va biznesning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidlab ko‘rsatdi. Bu ma’noda HUMO to‘lov tizimi miqyosida texnologiyalar tatbiq etilishini ta’minlovchi infratuzilmaviy qatnashchilardan biri sifatida ishtirok etadi.

  Qutlov so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos chiqish qildi:

“O‘zbekiston uchun sun’iy intellekt – bu texnologiyalar masalasigina emas, balki iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, davlat boshqaruvining samaradorligi va raqamli servislar sifati masalasi hamdir. Bugungi kunda davlat, bozor va texnologik kompaniyalar yagona mantiq asosida ish yuritishlari va muhim tarmoqlarda AI’ning amaliy tatbig‘i uchun sharoitlar yaratishlari alohida ahamiyatga ega”.

Sammit O‘zbekistonning AI-salohiyatini muhokama qilishdan uni HUMO raqamli yechimlarni keng yoyishning asosiy nuqtalaridan biri bo‘ladigan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida amaliy joriy etishga o‘tishini tasdiqladi.

HUMO’ning infratuzilma drayveri sifatidagi roli 

“Milliy banklararo protsessing markazi“ AJ (HUMO), sammitning rasmiy hamkori sifatida, asosiy sessiyalarda faol ishtirok etdi va tarmoq kun tartibining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

 Sammitda qatnashish HUMO’ga quyidagi imkoniyatlarni berdi:

• to‘lov infratuzilmasining AI’ni keng yoyish uchun asos sifatidagi rolini belgilash;

• xatarlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert maqomini taqdim etish;

• moliya tizimida AI’ni tatbiq etishning amaliy yondashuvlari bilan o‘rtoqlashish;