Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qimachilik mahsulotlari O‘zbekiston eksportida 2,1 mlrd dollarlik ulush qayd etdi
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistondan xorijga 2,1 mlrd AQSh dollari qiymatida to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi. Bu mamlakat umumiy eksport hajmining 7,1 foizini tashkil etdi.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning o‘n oyi yakunlari bo‘yicha to‘qimachilik tarmog‘idagi eksport ko‘rsatkichlarini ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar–oktyabr davrida xorijiy bozorlarga jami 2,1 mlrd AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berilgan.
Ko‘rsatkich mamlakat umumiy eksport hajmi tarkibida 7,1 foiz ulushga ega bo‘ldi.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha shakllangan:
- tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 51,4 foiz;
- ip-kalava – 28,5 foiz;
- trikotaj mato – 11 foiz;
- gazlamalar – 6 foiz;
- paypoq mahsulotlari – 2 foiz;
- gilamlar – 1 foiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eksportda asosiy ulushni tayyor to‘qimachilik mahsulotlari egallamoqda. Bu esa qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorlarga chiqarish salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025