Özbekistonning Şanhaydagi Boş konsulxonasi diplomatlari Xitoyning Çjetszyan provinsiyasi Tszyasin şahrida Zicheng United Construction Group Co., Ltd. hamda Jiaxing Houbang Import and Export Co., Ltd. kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Muzokaralar davomida xitoylik şeriklarga Özbekistonda xorijiy investorlar uçun yaratilgan qulay biznes muhiti, soliq va bojxona imtiyozlari, şuningdek, mamlakatning infratuzilmaviy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uçraşuv yakunlariga köra, yirik muhandislik-quriliş kompaniyasi hisoblangan Zicheng United Construction Group rahbari Jiang Guoxua Özbekistonda kompaniya filialini oçişga qiziqiş bildirdi. Tomonlar mazkur masalani muhokama qiliş maqsadida uning joriy yil iyun–iyul oylarida mamlakatimizga taşrifini taşkil etişga kelişib oldi.

Şuningdek, xalqaro töqimaçilik va tayyor tikuvçilik mahsulotlari savdosiga ixtisoslaşgan Jiaxing Houbang Import and Export kompaniyasi rahbari Syuy Vey Özbekistonda yengil sanoat sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U mamlakatimizda yirik töqimaçilik korxonasini barpo etiş imkoniyatlarini örganişga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tomonlar kompaniya rahbarining ham joriy yil davomida Özbekistonga amaliy taşrifini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişdi.