Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik universitet Yangi Toshkentda zamonaviy kampusga ega bo‘ladi
Prezident farmoniga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun Yangi Toshkent hududida zamonaviy kampus barpo etiladi. Universitet kampusini qurish ishlari 2028 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Yangi Toshkent hududidan Toshkent davlat yuridik universitetining zamonaviy kampusini qurish uchun zarur yer maydoni ajratiladi. Yangi kampus universitetning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va talabalar turmushi uchun zamonaviy infratuzilmani o‘z ichiga oladi.
Qurilish ishlarini 2028 yilda yakunlash belgilangan.
Adliya vazirligi buyurtmachi bilan hamkorlikda eng maqbul takliflarni tanlash asosida TDYuUning zamonaviy kampusini qurish ishlarini tashkil etadi.
Kampusni loyihalash va qurish jarayoniga, shuningdek uni moliyalashtirishga:
- xalqaro moliya institutlari;
- xalqaro, mintaqaviy va xorijiy banklarning imtiyozli mablag‘lari;
- xorijiy yirik quruvchi kompaniyalarni jalb etish choralari ko‘riladi.
Yangi Toshkentda yuridik universitet kampusini barpo etish huquqshunos kadrlar tayyorlash sifati hamda ta’lim muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
21:26 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi quriladi
20:12 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda suvni 232 metr balandlikka otadigan super favvora quriladi
19:13 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan stadionni ko‘zdan kechirdi
09:24 / 13.02.2026