Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ZARMED universitetida “Shifokorlik qasamyodi” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda tibbiy ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni malakali shifokorlar sifatida tarbiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlarning amali natijasini ko‘rsatib kelayotgan yirik ta’lim maskanlaridan biri - Samarqand va Buxoro kampuslariga ega ZARMED universiteti hisoblanadi. Bugungi kunda universitetda bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlarida 100 dan ortiq ta’lim dasturi bo‘yicha 15 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Har yili an’anaga aylangan eng muhim va ramziy tadbirlardan biri — “Shifokorlik qasamyodi” tantanasi bu yil ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Buxoroda hayajonli qasamyod marosimi
Dastlab ZARMED universitetining Buxoro kampusi 1-bosqich talabalari uchun qasamyod tadbiri tashkil etildi. Marosim Buxoro shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi. Zalni to‘ldirgan yoshlar hayajoni, ota-onalar quvonchi va ustozlar faxri tadbirga alohida ma’no bag‘ishladi.

Bu nafaqat yangi o‘quv yilning rasmiy boshlanishi, balki talabalarning tibbiyot kasbiga sadoqat bilan kirib kelgan ilk qadamlarini anglatdi.

Samarqandda ham ko‘tarinki ruh
Universitetning Samarqand kampusida ham xuddi shunday tantanali marosim o‘tkazildi. Har ikkala kampusdagi qasamyod mazmunan hamohang bo‘lsa-da, yoshlarning quvonchi, ustozlarning faxri va ota-onalarning ko‘zidagi g‘urur har bir tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi.

Tadbir davomida ZARMED universiteti rektori hamda professor-o‘qituvchilar talabalarga tabrik yo‘llab, shifokorlik kasbining buyuk mas’uliyat ekanini ta’kidladi. Ularning fikriga ko‘ra, tibbiyot — inson hayoti bilan bog‘liq eng muqaddas yo‘nalishlardan biri bo‘lib, unga sadoqat va halollik asosiy tamoyil bo‘lishi kerak.
Sayt: https://zarmeduniver.com/uz/src/
Telegram: @zarmeduni
Telefon: 55-704-70-70
Reklama huquqi asosida