Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norasmiy qurilish ulushi jami qurilish bozorining 25 foizini tashkil etdi
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 61,7 trln so‘mni tashkil etdi va jami qurilish bozorining chorak qismidan - 25 foizidan ortig‘ini o‘z ichiga oldi.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida norasmiy sektorda amalga oshirilgan qurilish ishlari 2024 yilning mos davriga nisbatan 6,8 foizga oshgan. Mutaxassislar buni aholi tomonidan mustaqil tarzda uy-joylar qurish va ta’mirlash ishlari, shuningdek, kichik xususiy qurilish tashabbuslarining kuchayishi bilan izohlamoqda.
Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Yanvar–oktyabr oylari kesimida ushbu ko‘rsatkich yillar bo‘yicha quyidagicha shakllandi:
- 2021 yil – 16,6 trln so‘m;
- 2022 yil – 19 trln so‘m;
- 2023 yil – 22 trln so‘m;
- 2024 yil – 54 trln so‘m;
- 2025 yil – 61,7 trln so‘m.
Ko‘rinadiki, so‘nggi ikki yilda norasmiy qurilish ishlari hajmi keskin oshgan. Bu esa norasmiy qurilish faoliyati ulushi ortib borayotgani, shu bilan birga, bu segmentni huquqiy maydonga chiqarish va to‘liq hisobga olish vazifasi dolzarbligicha qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
09:55
Avtomobillarga texnik xizmat narxi sezilarli oshdi
09:05
Namangan va Andijonda eng ko‘p yangi talaba o‘rinlari tashkil etildi
08:20
Ixtisoslashtirilgan qurilish: Toshkent shahri va Toshkent viloyati yetakchi o‘rinda
14:33 / 08.12.2025