Bu haqda Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Toşkent şahrida ötkazilgan “Özbekiston energetika haftaligi – 2026” xalqaro forumida ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Qozoğiston va Qirğiziston bilan energetika sohasidagi hamkorlikni izçil rivojlantirmoqda. Xususan, yirik mintaqaviy loyihalardan biri sanalgan “Qambarota-1” GES qurilişida iştirok etiş hamda Markaziy Osiyo davlatlarini boğlaydigan transmintaqaviy energetika yönalişini şakllantiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
Loyiha doirasida Qozoğiston, Ozarboyjon va Saudiya Arabistoni bilan elektr energiyasini taşqi bozorlarga eksport qiliş imkonini beruvçi “yaşil yölak”ni taşkil etiş rejalaştirilgan.
Vazirning ta’kidlaşiça, mazkur taşabbuslar nafaqat mintaqaning energetik xavfsizligini mustahkamlaydi, balki qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşini oşiriş va yangi eksport imkoniyatlarini yaratişga ham xizmat qiladi.
Şu bilan birga, Özbekiston energetika sektorini diversifikatsiya qiliş, atom energetikasini rivojlantiriş va qazib olinadigan yoqilğiga qaramlikni bosqiçma-bosqiç qisqartirişni maqsad qilgani qayd etildi.
Mutaxassislar bahosiga köra, 2026–2030 yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining energetika sohasidagi hamkorlik loyihalariga 10–15 milliard dollargaça investitsiya jalb qilinişi mumkin.












