Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notariuslikka talabgorlar uchun maxsus o‘quv kurslari tartibi belgilandi
Adliya vazirligi Notariuslikka talabgorlar uchun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2026 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Foto: Sputnik / Maksim Blinov
Nizomga muvofiq, notariuslikka talabgorlar Institut bilan tuziladigan shartnoma asosida 72 soatlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi.
O‘quv kurslari bevosita Institut binosida yoki masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilishi mumkin.
Talabgorlar yil davomida elektron tarzda yoki yozma ravishda o‘quv kurslariga qatnashish uchun ariza topshirish huquqiga ega.
O‘quv jarayoni:
- har biri 25 nafardan ortiq bo‘lmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi;
- ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkaziladi;
- har bir mashg‘ulotning davomiyligi 80 daqiqani tashkil etadi.
O‘quv kurslari yakunida:
- maxsus imtihon komissiyasi tomonidan suhbat shaklida imtihon o‘tkaziladi;
- tinglovchilar 100 ballik tizim asosida baholanadi;
- kamida 56 foiz ball to‘plagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Mazkur tartib notariuslikka da’vogar bo‘lgan yuristlarni maqsadli tayyorlash, ularning bilim va malakasini baholash jarayonini yaxlit va shaffof mexanizm asosida tashkil etishga qaratilgan.
Mavzuga oid
15:07 / 08.12.2025
Notariuslikka talabgorlar uchun majburiy o‘quv kurslari tartibi tasdiqlanadi
15:43 / 03.12.2025
Oliy ta’lim tizimi faoliyatini tartibga soluvchi yangi nizom qabul qilinadi
09:37 / 02.12.2025
Statsionar bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga bepul o‘tkazish tartibi joriy etildi
12:24 / 29.11.2025