Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi soxta chegirmalarga qarshi ogohlikka chaqirdi
Qonunchilikka muvofiq, sotuvchi chegirma e’lon qilganda tovarning oxirgi 30 kun ichidagi eng past narxini qayd etishi, iste’molchining talabiga ko‘ra ushbu ma’lumot taqdim etilishi shart. Shuningdek, agar chegirma cheklangan tovarga, mavsumiy mahsulotga yoki yaroqlilik muddati yaqinlashgan molga tegishli bo‘lsa, bu haqda iste’molchi oldindan xabardor qilinishi kerak.
Foto: Getty images
Yangi yil bayrami yaqinlashishi bilan ko‘plab tadbirkorlik sub’yektlari savdoni rag‘batlantirish maqsadida turli aksiya va chegirmalar taklif etadi. Raqobat qo‘mitasi bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan holda, qonunchilik normalariga rioya qilish kerakligini eslatib o‘tdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim sub’yektlar tomonidan yolg‘on chegirmalar e’lon qilish, chegirma miqdori, tovar soni va boshqa muhim ma’lumotlarni yashirish holatlari kuzatilmoqda. 2025 yilda qo‘mitaga kelib tushgan 48 mingdan ortiq murojaatning katta qismi aynan noo‘rin axborot yoki chalg‘ituvchi reklama bilan bog‘liq.
Qonunchilikka muvofiq, sotuvchi chegirma e’lon qilganda tovarning oxirgi 30 kun ichidagi eng past narxini qayd etishi, iste’molchining talabiga ko‘ra ushbu ma’lumotni taqdim etishi shart. Chegirma aniq foiz yoki summada ko‘rsatilishi, uning qachondan qachongacha amal qilishi to‘g‘ri bayon etilishi lozim.
Sotuvchi tovarlar narxiga nisbatan chegirma qo‘llashda:
- chegirmani aniq foiz yoki summa shaklida belgilashi hamda tovar narxi oson aniqlanishi va aniq o‘qilishini ta’minlashi;
- iste’molchining talabiga ko‘ra, har bir tovar uchun chegirma narxgacha bo‘lgan narx to‘g‘risida aniq ma’lumot taqdim etishi;
- sotuvchi tovarning chegirma e’lon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narxini tasdiqlovchi hujjatlar (dalillar) bilan asoslashi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno);
- agarda chegirma narxda sotilishi nazarda tutilgan tovar soni cheklangan yoki mavsumiy yoxud mahsulotlarning holatiga bog‘liq bo‘lsa (xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati yaqinlashgan, but bo‘lmagan, mavsumiy sotish, eski zaxiralarni tugatish, qadoqlashning shikastlanishi va/yoki boshqa sabablar), bu haqida sotuvchi chegirma to‘g‘risidagi ma’lumotda iste’molchilarni xabardor qilishi;
- chegirma narxning amal qilish muddati (boshlanish va tugash sanasi) aniq ko‘rsatilishi, agar chegirma narx faqatgina muayyan sharoitlarda qo‘llansa, bu sharoitlar oldindan ma’lum qilinishi;
- agar chegirmani taqdim etish iste’molchidan shaxsga doir ma’lumotlarni berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilsa, sotuvchi shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi va iste’molchilarni ularning ma’lumotlarini qayta ishlash maqsadlari va shartlari to‘g‘risida xabardor qilishi shartligi belgilangan.
Qo‘mitaning ta’kidlashicha, rag‘batlantiruvchi aksiyalar haqidagi ma’lumotlar — amal qilish muddati, tovarlar ro‘yxati, miqdori hamda shartlari aniq va tushunarli tarzda taqdim etilishi shart. Bundan tashqari, alkogol va tamaki mahsulotlari, dori vositalari, BADlar va energetik ichimliklar reklamasi bo‘yicha chegirma yoki rag‘batlantiruvchi aksiyalar o‘tkazish taqiqlangan.
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirib, javobgarlik va moliyaviy jarimalar qo‘llanishidan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
13:33 / 27.11.2025
Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste’molchidan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
14:14 / 24.11.2025
Raqobat qo‘mitasi «pulli parkovka» bo‘yicha o‘rganish boshladi
12:43 / 21.11.2025