Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OLX onlayn reklama bozorida ustun mavqega ega deb topildi
OLX onlayn reklama joylashtirish xizmatlari bozorida ustun mavqega ega operator sifatida e’tirof etildi. Endilikda Raqobat qo‘mitasi platformada ustun mavqening suiiste’mol qilinishiga qarshi majburiy monitoring o‘tkazib boradi.
OLX Classifieds kompaniyasi onlayn reklama e’lonlari joylashtirish xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.
«Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishi ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish tartibi 2024 yilda tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, quyidagi shartlarning biriga rioya qilinganda hamda bevosita va bilvosita tarmoq samarasi mavjud bo‘lganda raqamli platforma operatori ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi:
— so‘nggi kalendar yildagi tushumi BHMning 100 ming baravari (37,5 mlrd so‘m)ga teng yoki undan yuqori bo‘lsa;
— faol yakuniy foydalanuvchilarining umumiy o‘rtacha soni har oyda kamida 50 mingni yoki faol tadbirkor foydalanuvchilarning o‘rtacha soni har oyda kamida 3 mingni tashkil etsa.
Ustun mavqega ega deb topilgan sub’yektlarga nisbatan ustun mavqeyini suiiste’mol qilish deb malakalanadigan 20 ga yaqin taqiqlar joriy etiladi.
Mavzuga oid
10:50 / 18.05.2026
Uchta davlat tashkilotining 23 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi davlat xaridlarida qoidabuzarliklar aniqlandi
11:15 / 06.05.2026
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi
16:30 / 29.04.2026
Payariq tumanidagi 11 ta metan-shoxobcha o‘zaro kelishib narx oshirgani aniqlandi
11:38 / 20.04.2026