Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi uylar soni bo‘yicha Namangan, Toshkent va Surxondaryo yetakchilik qilmoqda
2025 yilning yanvar–sentabr oylarida mamlakat bo‘yicha foydalanishga topshirilgan turar joy va yotoqxonalar soni bo‘yicha Namangan, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari peshqadamlik qilmoqda.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekiston bo‘yicha jami 46 990 ta turar joy va yotoqxonalar foydalanishga topshirilgan. Ularning 31 273 tasi qishloq joylarga to‘g‘ri keladi.
Ishga tushirilgan obektlar soni yuqori bo‘lgan hududlar quyidagicha:
— Namangan viloyati – 7 905 ta
— Toshkent viloyati – 4 878 ta
— Surxondaryo viloyati – 4 382 ta
— Buxoro viloyati – 3 930 ta
— Andijon viloyati – 3 909 ta
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 689 ta
— Farg‘ona viloyati – 3 549 ta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayniqsa Namangan viloyatida yangi uylar soni boshqa hududlarga nisbatan sezilarli yuqori ekani qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
10:18
Zarafshonda ko‘p qavatli uydagi xonadonda basseyn qurib olingani aniqlandi
17:05 / 22.05.2026
Kasblar kesimida oyliklar qanday o‘zgaryapti?
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
09:37 / 19.05.2026