Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan ko‘chib kelinmoqda
2026 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga doimiy yashash maqsadida eng ko‘p Rossiyadan fuqarolar ko‘chib kelgan. Shuningdek, Qozog‘iston va Tojikistondan keluvchilar soni ham yuqori bo‘lgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–mart oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan jami 721 nafar kishi doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan.
Ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelib, umumiy ko‘rsatkichning 34,1 foizini tashkil etgan.
Shuningdek:
- Qozog‘istondan — 19,7 foiz;
- Tojikistondan — 12,2 foiz;
- Qirg‘izistondan — 4,9 foiz;
- Turkmanistondan — 3,7 foiz;
- boshqa davlatlardan esa 25,4 foiz fuqaro O‘zbekistonga ko‘chib kelgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p ko‘chib keluvchilar Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtga 454 nafar xorij fuqarosi doimiy yashash uchun kelgan.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 126 nafar va Qoraqalpog‘iston — 56 nafar bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatiga 14 nafar, Farg‘ona va Xorazm viloyatlariga 11 nafardan, Sirdaryo viloyatiga 10 nafar, Navoiy viloyatiga 9 nafar, Buxoro viloyatiga 8 nafar kishi ko‘chib kelgan.
Andijon viloyatiga 6 nafar, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlariga 5 nafardan, Qashqadaryo viloyatiga esa 1 nafar xorij fuqarosi doimiy yashash uchun joylashgan.