Jamiyat | 17:00 / 12.12.2025
2300
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Sizda tashabbus bormi? Marhamat, “Kelajak uchun” forumida qatnashing!

Xabaringiz bormi, O‘zbekistonda soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlar xalqchilligini ta’minlash maqsadida “Kelajak uchun” forumi o‘tkazilmoqda.

Foto: Biznesni rivojlantirish banki

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etiladi. Buning uchun mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizim yo‘lga qo‘yildi, kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi ishga tushirildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Kelajak uchun” forumining asosiy hamkorlaridan biri sifatida  forum yakunida tanlangan loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun sarmoyalar ajratadi.

Forum 3ta bosqichdan iborat.

Birinchi bosqichda tashabbuskorlar, shu jumladan, xorijdagi vatandoshlarimiz mazkur kraud-platformaga kirib, One-ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi. 5 ta ustuvor yo‘nalishdan birini tanlab, taklif va loyihalari mazmunini yozadi. Platformada har bir fuqaro 5 tagacha tashabbus yo‘llashi hamda jamoa bo‘lib qatnashishi mumkin.

Ikkinchi bosqichda barcha yo‘llangan tashabbuslar ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqiladi, ularning tavsiyasi asosida takomillashtiriladi. Yakunda eng muhim deb topilgan tashabbus va g‘oyalar keyingi bosqichga o‘tadi.

Uchinchi bosqichda mualliflar o‘z tashabbuslarini Mentorlar kengashi ekspertlariga taqdimot qiladi. Muhokamalarda eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar “Top-50” va “Top-10” tarzida saralanadi.

Forumning yakuniy bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Uning sanasi va aniq joyi haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

G‘olib deb topilgan 10 ta eng ilg‘or tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi. Yakunda ma’qullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Tanlangan tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda boshqa tijorat banklari, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Forumga kelib tushgan boshqa tashabbuslar davlat dasturlari, tarmoq yoki hududlar bo‘yicha "yo‘l xaritalari"ni shakllantirish uchun Hukumat tomonidan ko‘rib chiqiladi. Forum doirasida barcha jarayonlar  Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi  tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

“Kelajak uchun” - istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni!

Forumda qatnashib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z taklifingizni yo‘llang! Aynan Sizning tashabbusingiz g‘olib deb topilishi mumkin.

Ishtirok etish uchun: www.kelajakuchun.gov.uz 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (71) 203-03-08 (ichki raqam 197, 109)

  Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid