Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning transport infratuzilmasini rivojlantirishga oid ko‘rsatmalari va hokim Shuhratbek Abdurahmonovning tashabbusi bilan Andijon viloyat jamoat transporti tizimida yangi davr boshlandi. Ushbu tashabbuslar doirasida tadbirkor Davronjon Sulaymonov tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan “SAMBELL” rusumidagi elektrobuslar viloyatga olib kelinib, shahar yo‘nalishlariga qo‘yildi.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi hamda tadbirkor Davronjon Sulaymonovning sayi-harakatlari samarasi bo‘lgan elektrobuslar shahar ko‘chalarida belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanmoqda.
“Eng muhimi, elektrobuslarda yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan: zamonaviy konditsioner tizimi, keng salon, xavfsiz harakatni ta’minlovchi elektron boshqaruv tizimlari va kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.
Elektrobuslarning asosiy afzalligi — ularning ekologik tozaligi va iqtisodiy samaradorligidir. Ushbu transport vositalari atmosferaga zararli moddalar chiqarmaydi, yoqilg‘i sarfi talab etilmaydi hamda harakat vaqtida shovqin darajasi past bo‘ladi”,-deydi tadbirkor Davronjon Sulaymonov.
Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati
Mavzuga oid
11:39
Andijon viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi
08:45 / 23.05.2026
Yer masalasidagi korrupsion tarmoq fosh bo‘ldi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
13:35 / 07.05.2026