Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda mol go‘shti eksporti cheklandi
Yangi qoidalar go‘shtni YeOII mamlakatlariga ham, uchinchi mamlakatlarga, jumladan O‘zbekistonga ham eksport qilishga taalluqli.
Qozog‘istonda 31 dekabrgacha mol go‘shtini eksport qilish bo‘yicha kvota joriy etildi. Cheklovlar yangi, sovutilgan va muzlatilgan qoramol go‘shtiga taalluqli. Kvotaning umumiy hajmi 13 ming tonnani tashkil etadi. Ushbu qoidalar go‘shtni YeOII mamlakatlariga ham, uchinchi mamlakatlarga ham eksport qilishga taalluqli.
Qishloq xo‘jaligi vazirligida kvotalar joriy etilishi va go‘sht eksporti ustidan nazorat o‘rnatilishi «ichki bozorda go‘sht taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik va mol go‘shti narxini barqarorlashtirish» uchun zarur chora sifatida ko‘rilmoqda.
«Joriy etilgan yondashuv oligopoliyani shakllantirish yoki raqobatni cheklashga qaratilgan emas. Aksincha, uning maqsadi to‘liq tarmoq sikliga asoslangan mol go‘shti ishlab chiqarishning sivilizatsiyalashgan, shaffof va mas’uliyatli modelini shakllantirishdir», dedi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri Aydarbek Saparov.
Vazirning ta’kidlashicha, yangi choralar mayda qassobxonalarga qo‘shni davlatlarga chorva mollarini qayta sotish imkonini bermaydi. Ilgari kompaniyalar hayvonlarni sotib olib, bo‘rdoqiga boqmasdan, shu jumladan O‘zbekistonga ham olib ketgan. Bu bozorni buzgan va mamlakat ichida mol go‘shti narxining oshishiga olib kelgan.
«Shunday qilib, kvotalashni joriy etish chorva mollarini ko‘paytirish va bo‘rdoqiga boqish bilan shug‘ullanmaydigan, faqat hayvonlarni qayta sotadigan eksport vositachilarini chiqarib tashlashga qaratilgan. Ularning faoliyati mol go‘shti narxining asossiz o‘sishiga olib kelmoqda va sohani rivojlantirishga hissa qo‘shmayapti», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
09:30 / 22.06.2026