Uzbekistan | 10:09 / 18.12.2025
1094
1 daqiqa o‘qiladi

IIBB qorli ob-havoda haydovchilar va piyodalarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Poytaxtda qor yog‘ayotgani sabab yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida haydovchilardan harakat qoidalariga qat’iy amal qilish, tezlikni oshirmaslik va oraliq masofani saqlash so‘raldi.

Toshkent shahrida ayni paytda qorli ob-havo kuzatilayotgani munosabati bilan Toshkent shahar IIBB YHXB aholi va mehmonlarga murojaat qildi

Murojaatda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, oraliq masofani saqlash, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslik hamda yo‘llarda harakatlanayotgan piyodalarga hurmat bilan, ehtiyotkorlik bilan harakatlanish zarurligi ta’kidlangan.

Shuningdek, kuchli qor va namlik sharoitida ehtimoliy xavflarni kamaytirish uchun transport vositalarini ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslik, avtomobillarni maxsus turargohlarda saqlash tavsiya etilgan.

Mavzuga oid