Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asossiz qimmatlashuvning oldi olinadi: yirik supermarket tarmoqlari ogohlantirildi
Raqobat qo‘mitasi yangi yil arafasida talab keskin oshishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash zarurligi yuzasidan yirik chakana savdo tarmoqlariga ko‘rsatmalar yubordi.
Qo‘mita ma’lum qilishicha, “Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit” kabi savdo tarmoqlariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirish, logistika xarajatlari oshishi va narx ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar to‘g‘risida qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish talabi qo‘yilgan.
Shuningdek, chakana savdo tarmoqlari yetkazib beruvchilarni asossiz ravishda narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirib borishi, narx shakllanishida shubhali holatlar kuzatilganda ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlangan.
Raqobat qo‘mitasi qayd etishicha, yangi yil arafasida aholi uchun muhim mahsulotlar bo‘yicha narxlar barqarorligi saqlanishi bozordagi sog‘lom raqobat va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
10:00 / 16.06.2026
Yoqilg‘i narxi oshdi, ammo bu asossiz tariflar uchun bahona emas - Raqobat qo‘mitasi
09:01 / 02.06.2026
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasi bo‘yicha baholaydi
20:20 / 25.05.2026
Raqobat qo‘mitasi Centrum Air va Qanot Sharq reyslaridagi kechikishlar bo‘yicha so‘rov yubordi
11:48 / 21.05.2026