O‘zbekiston | 10:38
3875
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand aeroporti muqobil aerodrom sifatida 5 ta reysni qabul qildi

O‘zbekistonning ayrim aeroportlarida kuzatilgan noqulay ob-havo (tuman va ko‘rinish masofasining pasayishi) sabab qator reyslar Samarqand xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Shuningdek, bir reys yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani uchun Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

O‘zbekistondagi bir nechta aeroportlardagi noqulay ob-havo sharoitlari tufayli Samarqand xalqaro aeroporti bir qator reyslarni muqobil aerodrom sifatida qabul qildi.

Xususan, Moskva — Buxoro yo‘nalishidagi HY9608 reysi Buxoro aeroportida tuman sabab vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilgani (ko‘rinish — 650 metr) uchun Samarqandga yo‘naltirildi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 03:27 da qo‘ndi.

Sankt-Peterburg — Urganch yo‘nalishidagi HY9638 reysi Urganch aeroportida cheklovlar qo‘yilgani (tuman, ko‘rinish — 200 metr) sabab Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi. Qo‘nish soat 06:17 da amalga oshirildi.

Moskva — Termiz yo‘nalishidagi A47055 reysi Termiz aeroportida o‘rnatilgan cheklovlar (tuman, ko‘rinish — 200 metr) tufayli Samarqandga burildi. Samolyot soat 06:03 da qo‘ngan.

Shuningdek, Moskva — Buxoro yo‘nalishidagi SU1876 reysi ham Buxoro aeroportida samolyotlarning qo‘nishiga cheklovlar qo‘yilgani (tuman, ko‘rinish masofasi — 300 metr) sabab Samarqandga yo‘naltirildi. Samolyot soat 06:36 da qo‘ndi.

Bundan tashqari, Istanbul — Namangan yo‘nalishidagi C6317 reysi bortdagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab ekipaj qarori bilan Samarqand xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Samolyot soat 05:53 da qo‘ngan.

Mavzuga oid