Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AYoQShda tekshiruv: davlat standartiga mos bo‘lmagan mahsulotlar aniqlandi
Aholini sifatli va ekologik toza yonilg‘i bilan ta’minlash maqsadida O‘zenergoinspeksiya nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Foto: O‘zenergoinspeksiya
Ma’lum qilinishicha, 2025 yilda neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 799 ta AYoQSh va korxonalardan 2 289 ta namuna olingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, 247 ta sub’yektda 8 mln 962 ming litr neft mahsulotlari davlat standart talablariga javob bermasligi, ya’ni sifatsiz ekani aniqlanib, ularning sotuvga chiqarilishi oldi olingan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mahsulot sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan hamda uning bajarilishi nazoratga olingani qayd etildi.
Shuningdek, texnik reglament talablariga javob bermaydigan va me’yoridan ortiq zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjudligi eslatildi.
Mavzuga oid
13:14 / 04.12.2025
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
19:07 / 02.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
13:51 / 30.07.2025
Toshkentda AYoQSh sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargani aniqlandi
09:37 / 07.06.2025