Qarorga muvofiq, poytaxtning turli tumanlarida davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida amalga oşiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli röyxati tasdiqlangan.

Unga köra, Sergeli, Bektemir, Çilonzor, Yangihayot, Mirzo Uluğbek, Yaşnobod, Olmazor, Uçtepa va Yunusobod tumanlarida jami 40 ta zamonaviy avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasi taşkil etiladi.

Loyihalar 10 yillik davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilişi belgilangan.

Şuningdek, qaror doirasida Olmazor va Çilonzor tumanlarida zamonaviy fudkort, sport maydonçalari hamda avtoturargohlarni öz içiga olgan majmualarni barpo etiş böyiça loyihalar ham tasdiqlangan.

Mutasaddilarga mazkur obektlarni şaharsozlik normalari va amaldagi qonunçilik talablariga muvofiq amalga oşirilişini ta’minlaş vazifasi yuklatildi.