Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Islohotlarni amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik” - Prezident
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqqa murojaatnomani taqdim etmoqda. Davlat rahbari chiqishining avvalida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijalari jamiyat hayotida tobora yaqqol sezilayotganini ta’kidladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi to‘qqiz yilda mamlakat katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi: iqtisodiyot qayta shakllandi, bozor munosabatlari rivojlantirildi, ijtimoiy himoya kengaytirildi, qonun ustuvorligi mustahkamlandi.
«So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik», — dedi davlat rahbari.
Shuningdek, prezident islohotlar natijasini shahar va qishloqlarning tobora yangicha qiyofa kasb etishi, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi hamda raqamli xizmatlar misolida ko‘rish mumkinligini qayd etdi.
Mavzuga oid
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026