Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
Mazkur tunnel ochilishi tufayli tog‘ yo‘lidagi harakatlanish vaqti bir necha soatdan 20 daqiqagacha qisqargan.
Xitoy shimoli-g‘arbida dunyodagi eng uzun avtomobil tunneli harakatlanish uchun rasman ochildi. Urumchi — Uvey avtoyo‘lidagi ushbu tunnelning uzunligi 22 kilometrdan ortiq.
«Tyanshan G‘alaba tunneli» deb nomlangan ushbu obekt Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida joylashgan.
Sinxua agentligining yozishicha, mazkur tunnel ochilishi tufayli tog‘ yo‘lidagi harakatlanish vaqti bir necha soatdan 20 daqiqagacha qisqargan.
Urumchi — Uvey magistrali Tyan-Shan tog‘larini kesib o‘tib, mintaqaning shimoli va janubidagi shaharlarni bir-biri bilan bog‘laydi. U 12ta transport tuguni, 17ta tunnel va yuzlab ko‘priklarni o‘z ichiga oladi.
Tunnel ochilishi natijasida shimoldan janubdagi manzilga yetib borish vaqti 7 soat o‘rniga 3 soatni tashkil etadi.



Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026