Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya g‘arbida o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida 3 kishi halok bo‘ldi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya alaviylari oliy islom kengashi rahbari shayx G‘azal G‘azal norozilik namoyishlari o‘tkazishga da’vat qilgan.
Foto: AP
Suriya g‘arbidagi Latakiya va Tartus viloyatlarida yuz bergan tartibsizliklar oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, 55 kishi jarohatlandi.
Syria TV telekanalining xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida xavfsizlik kuchlari xodimi ham bor.
Avvalroq arab OAVlari Latakiya va Tartusda norozilik namoyishlari boshlangani haqida xabar bergandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya alaviylari oliy islom kengashi rahbari shayx G‘azal G‘azal norozilik namoyishlari o‘tkazishga da’vat qilgan.
Qayd etilishicha, namoyishchilar orasida qurolli shaxslar ham ko‘zga tashlangan, ular huquq-tartibot xodimlariga qarata o‘q uzgan.
Namoyish qatnashchilari yangi hokimiyat tomonidan hibsga olingan faollarning ozodlikka chiqarilishini talab qilishgan.
Mavzuga oid
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
10:01 / 23.12.2025
Bashar Asadning Moskvadagi hayoti: u nimalar bilan mashg‘ul?
09:41 / 20.12.2025
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
19:41 / 17.12.2025