Jahon | 07:50
5564
5 daqiqa o‘qiladi

2025 yildagi top-10 osmono‘par bino: Nyu-Yorkdan Shenchjengacha

Arxitekturaga bag‘ishlangan dunyodagi yetakchi onlayn-jurnallardan biri - Dezeen jurnalistlari 2025 yildagi eng ahamiyatli o‘nta osmono‘par bino reytingini e’lon qildi.

Ferrocarril de Cuernavaca 780 Foto: HEMAA

Huergo 475 — Buenos-Ayresdagi turarjoy osmono‘par binosi. U yashilsimon tusli betondan qurilgani va ifodaga boyligi bilan yilning eng taniqli loyihalaridan biriga aylandi. Arxitektorlar binoga ham monolit ko‘rinish berish, ham uni shahar muhitiga uyg‘un singdirishni maqsad qilgan.

Huergo 475 Foto: Adamo Faiden

Buenos-Ayresdagi yana bir loyiha — Rafael Viñoly Architecs studiyasi ishlagan 16 qavatli minora. U hajmlarning kaskadli kompozitsiyasi va ikki qavat balandligidagi (double height) katta qavatlari bilan ajralib turadi.

Vilo Tower Foto: Rafael Viñoly Architecs

Bino aeroportlar operatori Corporación América kompaniyasi uchun bosh qarorgoh sifatida loyihalashtirilgan. Fasadi esa o‘lchami 7,15 × 2,2 metr bo‘lgan yarim shaffof shisha panellar bilan qoplangan bo‘lib, bu binoga yengil va zamonaviy qiyofa beradi.

Ehtimol, yilning eng muhim osmono‘par binosi baland inshootlar “jahon poytaxti” hisoblanadigan Nyu-Yorkda yakunlangan. Britaniyaning Foster + Partners studiyasi loyihalagan bu bino moliyaviy gigant JPMorgan Chase’ning yangi bosh qarorgohiga aylandi va 2025 yilda bitkazilgan eng baland osmono‘par bino bo‘ldi.

270 Park Avenue Foto: Foster + Partners

423,1 metr balandlikdagi minora XX asr boshi osmono‘par binolarini eslatuvchi pog‘onali siluetga ega. Bino kirish qismi chuqurlashtirilgan hudud ustida yoy shaklida tarqaladigan yirik kolonnalarga tayanadi.

Florida shtati, Uest-Palm-Bich shahrida SOM kompaniyasi mintaqaga xos tropik modernizmdan ilhomlangan The One Flagler osmono‘par binosini qurdi. Bino oq beton fasadlar bilan qoplangan bo‘lib, ular panjarasimon pergolalarni eslatadi.

The One Flagler Foto: SOM

Tarixiy, boz-ar (Beaux-Ars) uslubidagi cherkov yonida joylashgan ushbu osmono‘par bino atrof-muhit bilan muloqotda bo‘lish, bir vaqtning o‘zida yangi shahar dominantasiga aylanish g‘oyasida yaratilgan.

Istanbulda KPF arxitektura byurosi Istanbul Xalqaro moliya markazining markaziy elementi bo‘lgan oynavand ikki osmono‘par bino qurilishini yakunladi.

Ziraat Bank, Turkiya Foto: KPF

40 va 46 qavatli minoralar bankning bosh qarorgohini o‘z ichiga oladi, ularni birlashtirib turuvchi stilobat qismida esa konsert zali va savdo markazi joylashgan.

2025 yilda Braziliyaning Balneariu-Kamboriu shahridagi Yachthouse deb nomlangan ikki minora ham katta e’tibor tortdi. 294 metr balandligi bilan ular mamlakatdagi eng baland binolarga aylandi.

Yachthouse Foto: Pininfarina

Braziliyadagi yana bir ko‘zga tashlangan loyiha — AGE360 nomli 124 metrlik osmono‘par bino. U Triptyque Fransiya-Braziliya studiyasi va Architecs Office bilan hamkorlikda qurilgan. Bino Kuritiba shahrining Mossungue tumanida joylashgan. Minora atrofini ko‘tarma beton “ekzoskelet” o‘rab turib, unga juda ifodali arxitektura qiyofasini beradi.

AGE360 Foto: Triptyque i Architecs Office

Vankuverda Revery Architecture studiyasi 178,6 metr balandlikdagi silindrsimon shakllarga ega osmono‘par binoga loyiha bergan. Uning asos qismiga XX asr boshlarida qurilgan cherkov integratsiya qilingan.

Butterfly Foto: Revery Architectur

57 qavatli turar joy binosining vestibyuli cherkov bilan to‘liq qavat balandligidagi shishali galereya orqali bevosita bog‘langan. U Galleria deb nomlangan.

388 metr balandlikdagi osmono‘par bino esa Shenchjenda paydo bo‘lgan navbatdagi “superbaland” inshoot bo‘ldi. Loyihani Foster + Partners ishlab chiqqan. Bino oltita yumaloq hajmdan iborat ifodali siluetga ega bo‘lib, uchburchak shisha panellar bilan qoplangan va ular markaziy cho‘qqiga tomon jipslashib boradi.

China Merchans Bank Foto: Foster + Partners

Mana shu loyiha 2025 yilning eng ta’sirli o‘nta osmono‘par binosi ro‘yxatini yakunlaydi — u global baland qurilishlardagi yondashuvlar xilma-xilligi va ambitsiyalarni yaqqol ko‘rsatadi.

Mavzuga oid