Iqtisodiyot | 08:59
483
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 1,9 mlrd dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston xorijga 2 mln tonna, qiymati 1,9 mlrd dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,8 foizga yuqori.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston meva va sabzavotlar eksportida barqaror o‘sishni namoyish etib, xalqaro bozorlardagi o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri xabar berdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–noyabr oylari davomida mamlakat tomonidan 1,9 milliard dollar qiymatidagi 2 million tonna mahsulot eksport qilingan. Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,8 foizga ko‘p. Meva-sabzavot mahsulotlarining mamlakat umumiy eksport hajmidagi ulushi 6,3 foizni tashkil etgan.

Eksport qilingan mahsulotlar tarkibi quyidagicha:

  • meva va rezavorlar — 580,9 ming tonna;
  • sabzavotlar — 553 ming tonna;
  • tarvuz-qovun — 232,9 ming tonna;
  • yeryong‘oq va yong‘oqlar — 25,8 ming tonna;
  • mosh — 129,6 ming tonna;
  • boshqalar — 500 ming tonna.

Qayd etilishicha, eksport hajmining o‘sishi logistika tizimining yaxshilanishi, tashqi bozorlarning kengayishi hamda mahsulot sifati oshishi bilan izohlanadi. Shu tariqa, O‘zbekiston xalqaro maydonda yangi va sifatli meva-sabzavot mahsulotlarining ishonchli yetkazib beruvchisi sifatida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda.

Mavzuga oid