Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olis hududlardagi 715 maktab o‘quvchilariga bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish belgilangan. Loyiha doirasida olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.
Strategiya loyihasiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Unga muvofiq, olis va chekka hududlardagi 715 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, loyihada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan 100 foiz ta’minlash vazifasi ham belgilangan. Mazkur choralar ta’lim olish uchun xavfsiz va qulay muhitni shakllantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
08:51
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026