Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har yili kamida 140 ming xonadonli uy-joy barpo etiladi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida aholini uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish va hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan qator maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.
Loyihaga ko‘ra, respublikada har yili 140 mingdan kam bo‘lmagan xonadonli uy-joylar barpo etish rejalashtirilmoqda. Ushbu maqsad aholi uchun uy-joy taklifini kengaytirish, qurilish hajmlarini oshirish va bozorda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgani qayd etilgan.
Shuningdek, loyihada 300 mingdan ko‘p aholiga ega shahar va tumanlar sonini 28 taga yetkazish, urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga chiqarish choralarini ko‘rish ham nazarda tutilgan. “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazish va 447 ta aholi yashash punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish ham rejalar qatorida keltirilgan.
Qurilish sohasida sifat va standartlar masalasiga ham e’tibor qaratilgan: xalqaro standartlar (ISO, Eurocode, ASTM va boshqalar) bilan muvofiqlashtirilgan 90 tadan ortiq standartlarni qabul qilish, energiya tejovchi va “yashil standart”ga mos turar-joylar ulushini 40 foizga yetkazish belgilangan. Ko‘p qavatli uy-joy qurilishida muddatdan kechikish holatlarini 100 foizga bartaraf etish hamda mustaqil xususiy inspeksiya kompaniyalari ishtirokida sifat nazorati va montaj ishlarini qabul qilish ulushini kamida 50 foizga oshirish vazifalari ham qayd etilgan.
Loyihadagi ko‘rsatkichlar uy-joy qurilishi hajmini keskin oshirish, shaharsozlik rejalashtirishini kengaytirish va qurilish sifatini xalqaro hamda “yashil” standartlar asosida kuchaytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
11:00 / 17.06.2026
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga oid qonunchilik yangilandi
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:34 / 05.06.2026