Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazasi va NQZga hujum qildi
Mahalliy hokimiyatlar xabar berishicha, dron zarbalaridan so‘ng korxonalarda yong‘in chiqqan. Hujumlar oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, neft ombori va zavod Rossiya QKni ta’minlashda ishlatilgan.
Ukraina Qurolli kuchlari 1 yanvar tongida Tataristonning Almetevsk shahridagi “Tatneft”ga tegishli yonilg‘i/neft saqlash inshootiga dronlar bilan zarba berdi. Ushbu sanoat obekti hududning shimoliy konlaridan olinadigan neftni yig‘ish va saqlash uchun foydalaniladi.
Almetevsk tumani rahbari Gyuzel Xabutdinova so‘zlariga ko‘ra, hujumdan keyin rezervuarlar hududida yong‘in boshlangan — u bir necha soatdan so‘ng o‘chirilgan. Mahalliy hokimiyatlar ma’lum qilishicha, dron (uchuvchisiz apparat)lar reydi oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.
1 yanvar kechasi Ukrainaning hujumkor dronlari Krasnodar o‘lkasidagi Ilskiy neftni qayta ishlash zavodi (NQZ)ga hujum qildi. Dron parchalari korxona hududiga tushishi natijasida yong‘in chiqqan va mahalliy hokimiyatlar bayonotiga ko‘ra, u tonggacha o‘chirilgan.
NQZ “Kuban neftegaz kompaniyasi”ga tegishli bo‘lib, Rossiya janubidagi eng yirik neft qayta ishlash zavodlaridan biri hisoblanadi. Zavod avval ham bir necha bor Ukraina dronlari uchun nishon bo‘lgan. Ukraina Bosh shtabi korxona “Rossiya Qurolli kuchlarini ta’minlashga jalb etilgan”ini ta’kidlagan.
Ukraina harbiylari Tataristondagi yonilg‘i ombori va Krasnodar o‘lkasidagi NQZga berilgan zarbalarni tasdiqlagan.
RF Mudofaa vazirligi esa 1 yanvar kechasida HHM kuchlari 168 ta Ukraina dronini urib tushirganini ma’lum qildi, shulardan 25 tasi — Krasnodar o‘lkasi ustida, yettitasi — Kaluga viloyati ustida. Vazirlik Almetevskdagi “Tatneft” obektiga zarba berilgani haqida ma’lum qilmagan.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026