Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kam litrajli avtomobillar uchun bojlar oshdi
2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda dvigatel hajmi 1200 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun import boji stavkalari ko‘tarildi – 2,5 yil avval kiritilgan pasaytirilgan stavkalarning amal qilish muddati yakuniga yetdi.
1197 sm kub dvigatelga ega Toyota Corolla
O‘zbekistonda dvigatel hajmi 1000 va 1200 sm kubgacha bo‘lgan yengil avtomobillar importi uchun boj imtiyozining amal qilish muddati yakuniga yetdi va stavkalar avvalgi darajaga qaytdi.
Pasaytirilgan stavkalar 2023 yil 17 iyuldan kuchga kirgan va 2026 yil 1 yanvarga qadar ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yangi yengil avtotransport vositalarini olib kirishda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari belgilangan edi:
- dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun – 0 stavka;
- dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun – 5 foiz stavka.
O‘sha vaqtda bu qaror avtomobil bozorida raqobatni rivojlantirish va aholini hamyonbop yengil mashinalar bilan ta’minlashga qaratilgani aytilgan edi.
Imtiyoz muddati uzaytirilmadi va 2026 yil 1 yanvardan quyidagicha stavkalar amal qila boshladi:
- 1000 sm kubgacha – 15 foiz va har bir sm kub uchun 0,4 AQSh dollari;
- 1200 sm kubgacha – 15 foiz va har bir sm kub uchun 0,6 AQSh dollari.
Mavzuga oid
12:23 / 03.03.2026
2026 yil yanvarda yengil avto ishlab chiqarish 22 mingdan oshdi
08:49 / 28.02.2026
BMW yong‘in xavfi sabab 330 mingta avtomobilni qaytarib olyapti
18:34 / 14.02.2026
Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi
15:57 / 14.02.2026