Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metropoliteni liniyalarining grafik sxemasi yangilandi
Toshkent metropoliteni liniyalarining grafik sxemasi yangilanib, dolzarb holatga keltirildi. Yangilangan sxema 2026 yil 3 yanvar sanasi bilan e’lon qilingan.
Foto: Kun.uz
Toshkent metropoliteni liniyalarining grafik sxemasi yangilandi va dolzarb holatga keltirildi. Ma’lum qilinishicha, yangilanishlar doirasida bir qator vaqt ko‘rsatkichlari qayta hisoblangan hamda yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar sxemaga kiritilgan.
Xususan, Yunusobod yo‘li va Halqa yerusti yo‘lida birinchi va oxirgi bekatlar orasidagi o‘rtacha yo‘l vaqti yangilangan. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda bekatlar oralig‘ida poyezdlar harakatining o‘rtacha vaqti ham qayta ko‘rib chiqilib, daqiqalar va soniyalar kesimida aniqlashtirilgan.
Bundan tashqari, metro bekatlari yaqinida joylashgan qo‘shimcha shahar atrofi avtostansiyalari sxemaga qo‘shilgan. Shu bilan birga, metro bekatlaridan yetib borish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha diqqatga sazovor joylar — bog‘lar, bozorlar va sport inshootlari haqidagi ma’lumotlar ham to‘ldirilgan.
Yangilangan sxema katta formatda taqdim etilgan bo‘lib, batafsil tanishish uchun qulay shaklda tayyorlangan.

Mavzuga oid
10:43 / 11.01.2025
Toshkent metrosiga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi
16:00 / 11.10.2024
Toshkent metropoliteni 10 ta maxsus ventilyator sotib oladi
18:31 / 18.09.2024
«Toshkent metropoliteni» aholidan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi
21:43 / 27.08.2024