Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent metropoliteni xodimlari öz iş joylariga kiritilmayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda aytilişiça, iş vaqti boşlangan bölsa-da, ayrim xodimlar xizmat vazifasini bajariş uçun obektlarga kirolmagan. Ta’kidlanişiça, bu xizmat guvohnomalari bilan boğliq.

“Toşkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi axborot xizmati ma’lum qilinişiça, taşkilotda hozir yangi namunadagi xizmat guvohnomalarini tayyorlaş jarayoni ketmoqda. Şu sabab joriy guvohnomalarning amal qiliş muddati 2026 yil 31 martdan 31 iyulga qadar vaqtinçalik uzaytirilgan va Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlaş departamentiga rasman xabar berilgan.

“Videoda ta’kidlanişiça, kunduzgi soat 10:00 dan oşganiga qaramasdan, MXTB xodimlari metropoliten işçi-xodimlarini iş joylariga kiritmagan. Qöşimça qilinişiça, uşbu holat birinçi marotaba emas — metropoliten ma’muriyati tomonidan korxonaning huquqiy maqomi özgariş jarayonida bölgani sababli xodimlar guvohnomalarining amal qiliş muddati uzaytirilgan. Şunga qaramasdan, bir neça bor rasmiy xatlar yöllangan bölsa-da, mazkur holat e’tiborsiz qoldirilmoqda hamda takroran sodir bölmoqda”, deyiladi “Toşkent metropoliteni” DUK izohida.

Metropoliten ma’muriyati mazkur holatga munosabat bildiriş uçun Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlaş boşqarmasi rahbariyatidan rasmiy izoh kutayotganini ma’lum qilgan.