Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva markazida yana Miusskaya qor tepaligi paydo bo‘ldi – fotosuratlar
«Frensis» sikloni keltirib chiqargan kuchli qordan so‘ng, Moskvaning Tver rayonidagi Belarus vokzali yaqinida joylashgan Miusskaya maydonida yana ulkan qor tog‘i paydo bo‘ldi. Aholi uni anchadan buyon Miusskaya qorli tepaligi deb ataydi. Bu yerda ulkan qor uyumi ilk bor 2018 yilda paydo bo‘lgandi – qish qattiq kelganida kommunal xizmatlar Miusskaya maydoni va Aleksandr Nevskiy ko‘chasi oralig‘idagi o‘tish joyini to‘sib, atrofdagi qorni shu yerga to‘plashgandi. Mahalliy aholi uchun qorli tepalik shaharning o‘ziga xos ko‘ngilochar maskaniga aylangan. Odamlar bu yerga qorda toyish yoki shunchaki uning fonida suratga tushish uchun kela boshlashgan. Miusskaya maydoni besh yillik tanaffusdan keyin yana shunday hududga aylandi.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
09:57 / 02.04.2026
Ayrim o‘zbekistonliklar Vladivostok aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmadi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
20:35 / 01.04.2026