Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
AQSh prezidenti Donald Tramp Reuters’ga bergan intervyusida Ukrainadagi tinchlik kelishuviga Moskva emas, Kiyev xalal berayotganini aytdi. Uning fikricha, Vladimir Putin urushni yakunlashga tayyor, Ukraina esa “kelishuvga nisbatan kamroq tayyor”.
Foto: Jae C. Hong/AP
Ukrainada tinchlik kelishuvi tuzilishiga Moskva emas, Kiyev to‘sqinlik qilyapti, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Reuters agentligiga bergan intervyusida. Intervyu 14 yanvar, chorshanba kuni e’lon qilingan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni yakunlashga tayyor, Ukraina esa “kelishuv tuzishga nisbatan kamroq tayyor”.
AQSh rahbaridan: “Nima uchun AQSh rahbarligidagi muzokaralar haligacha Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri Yevropadagi eng yirik mojaroni hal qila olmadi?” — deb so‘ralganda, Tramp: “Zelenskiy”, — deb javob bergan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan.
Reuters’ning 2025 yil dekabr oyida manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh razvedkasi bahosiga ko‘ra, Vladimir Putin tinchlik istagi haqida omma oldidagi bayonotlariga qaramay, hali ham Ukraina hududining to‘liq nazoratini o‘rnatishga intilmoqda.
Reuters manbalarining aytishicha, AQSh razvedkasi xulosalari ko‘p jihatdan Yevropa maxsus xizmatlari baholari bilan ham mos keladi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful dekabr boshida Rossiya prezidenti Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlamaslik uchun izchil ravishda bahonalar qidirayotganini aytgan. “Shuning uchun ham men uning umuman tinchlik muzokaralariga jiddiy yondashyapti, deb o‘ylamayman”, — degan FRG TIV rahbari.
Mavzuga oid
12:10
Zelenskiy Ukraina energetikasida favqulodda holat rejimi joriy etilishini ma’lum qildi
10:28
Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik 4 maygacha uzaytirildi
22:42 / 14.01.2026
Muzliklar uzra katta raqobat: Grenlandiya AQShga nega kerak?
19:16 / 14.01.2026